avatar
Куч
19.00
Рейтинг
+6.98

Aliyeva Gulzoda Tulkinovna

Мақолалар

La mise en relief

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

La mise en relief


O`zbek tilidagi singari fransuz tilida ham gap bo`laklarini mantiqiy ajratish usullari mavjud bo`lib, u “Mise en relief” deb ataladi. Bu grammatik hodisa bevosita fransuz tilining jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Fransuz tilida gap bo`laklarini ajratib ko`rsatish uchun ikki xil usuldan foydalanamiz, ya`ni gap bo`laklarining o`rnini o`zgartirish yoki maxsus iboralarni qo`llash orqalidir. Gap bo`laklarini ajratish usulidan biri bu so`z qurulmalari yordamida ajratib ko`rsatishdir. Bu usul fransuz tilida “présentatif” deb ataladi.   Bunda biz, maxsus mustaqil ma`no ifodalamaydigan iboralar yordamida ega, kesim va barcha ikkinchi darajali bo`laklarni ajratib ko`rsata olamiz. Maxsus iboralar tarkibiga esa quyidagilar kiradi: C’est... qui, c’est... que, ce sont... qui,  ce qui.. .c’est, ce que... c’est,  voilà.. .  qui,  là qui.



Yoshlar slengi fransuz tili talqinida.

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Ota — onalar har doim farzandlari yoki nabiralari  nima deyayotganini,hamisha tushunadilarmi? Ko’pincha biz katta yoshdagi insonlarning o’smirlar nutq talaffuziga salbiy munosabatda bo’lishlariga guvoh bo’lamiz. Bu normal holatdir albatta. Har doim yoshlar real tili kattalar tilidan farq qilgan. Lingvist Georgiy Kamskiyni fikricha “til – har kuni o’zgaruvchan tirik mavjudotdir". Bugun u o’zining kechagisiga o’xshamaydi, ertaga yana o’zgaradi. Uning o’zi yashovchi shakllarni tanlab oladi va zo’ravonlik yo’li bilan harakatni rad etadi”. Yoshlar slengi til avangardi hisoblanadi. Unda ertaga umumiy lug’atga tushuvchi narsalar yig’iladi. Uning kuchi va zaifligi shundaki, u bugungi kun realligiga bog’liqdir. Kompyuterlar paydo bo’ldi – uni qabul qildi, internet paydo bo’ldi – u shu tomonga burildi. Ertaga nima urf bo’ladi, ma’lum emas, lekin bu ehtimol yoshlar   lug’atida aks etadi.



Yoshlar slengi fransuz tili talqinida.

Блог им. magistrfr

Ota — onalar har doim farzandlari yoki nabiralari  nima deyayotganini,hamisha tushunadilarmi? Ko’pincha biz katta yoshdagi insonlarning o’smirlar nutq talaffuziga salbiy munosabatda bo’lishlariga guvoh bo’lamiz. Bu normal holatdir albatta. Har doim yoshlar real tili kattalar tilidan farq qilgan. Lingvist Georgiy Kamskiyni fikricha “til – har kuni o’zgaruvchan tirik mavjudotdir". Bugun u o’zining kechagisiga o’xshamaydi, ertaga yana o’zgaradi. Uning o’zi yashovchi shakllarni tanlab oladi va zo’ravonlik yo’li bilan harakatni rad etadi”. Yoshlar slengi til avangardi hisoblanadi. Unda ertaga umumiy lug’atga tushuvchi narsalar yig’iladi. Uning kuchi va zaifligi shundaki, u bugungi kun realligiga bog’liqdir. Kompyuterlar paydo bo’ldi – uni qabul qildi, internet paydo bo’ldi – u shu tomonga burildi. Ertaga nima urf bo’ladi, ma’lum emas, lekin bu ehtimol yoshlar   lug’atida aks etadi.


Yoshlar slengi o’ziga birinchi navbatda o’zining ifodaliligi, sho’x va quvnoq so’z o’yini bilan kishini jalb qiladi. G’amgin rasmiy nutq ko’rinishida slenglar belgilarning qisqaligi, metaforaligi bilan jalb qiladi. Slengga semantik yumor xosdir. Ko’proq muvaffaqiyatli, mayus – absurd so’z o’yini qadrlanadi.


Yoshlar slengining boshqa turdagi slenglardan farqi nimada? Yoshlar slengi bu – o’z fikrining ifodasi yoki jamiyat rivojlanishining zarur bosqichimi?


Birinchidan – bu so’zlar bir yoshdagi odamlarning muloqoti uchun xizmat qiladi. Bunda ular oddiy so’zlarga sinonimlar sifatida qo’llaniladi.


Ikkinchidan – yoshlar slengi yoshlar olamida katta yoshdagi insonlarning slengi bilan farq qiladi. Ko’rib chiqiladigan slengli nomlanishlar faqat shu olamga tegishlidir, shunday qilib, boshqa yoshdagi odamlar toifasiga tushunarsiz so`zlardan ajratib olamiz. Bunday maxsus tilni bilish tufayli yoshlar o’zlarini mahdud jamiyat a’zosi deb his qiladi.


Uchinchidan, bu leksikada beadab so`zlar ham bisyordir. Shunday qilib, bu uchta kuzatuv yoshlar slengini noadabiy so’zlarning hech bir alohida olingan guruhiga kiritilishiga yo’l qo’ymaydi va uni alohida semantik toifa kabi o’rganishga majbur qiladi. Bu yoshlar slengi iborasini aniqlashga imkon beradi. Oxirgi o’n yillikda yoshlar slengi mazkur hodisaning tabiati bilan qiziquvchi tadqiqotchilarning e’tborini jalb qiladi. Mavzuning dolzarbligi shu bilan aniqlanadiki, yoshlar slengi o`zaro jamiyatning qabul qilinihini aks ettiruvchi qiziqarli sotsiomadaniy hodisadir, u zamonaviy odamlar hayotida sodir bo’luvchi barcha o`zgarishlarning ko`rsatkichidir. Stilistik leksika stratifikatsiyasining yechilmagan muammosi bilan, slengli nomenatsiyaning tuzilish – semantik xsusiyatlarini o’rganish zarurati bilan, nutqga yoshlar slengini ko`proq kiritish bilan aniqlanadi. XVIII asrdan boshlab, lingvistikada jamiyatning odamlar tiliga ta’sir etish haqidagi masala ko`tarilgan. Mazkur muammo SH. Balli, U. Labov, A. Meys, E.D. Polivanov kabi tilshunoslar tomonidan o’rganilgan. Lingvistlar tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, insonning nutq ko’nikmalariga u yashayotgan muhit katta ta’sir ko’rsatadi. Muhitning yoshlarga ta’siri mazkur ijtimoiy guruh doirasida qo’llaniladigan maxsus tilning yaratilishida namoyon bo’ladi. O’quvchi yoshlar tomonidan sleng so’zlar va iboralarning qo’llanilishi hamma kabi bo’lishga intilish, o’ziga qat’iy istagi, nutqning bir xilligiga qarshi chiqish bilan uyg’otiladi. Bunda umumiy sleng kabi o’quvchi yoshlar slengi komiklik yoki qo’pollik bilan tavsiflanadi. Yoshlar slengini tadqiqot mavzusi sifatida tanlash shu bilan asoslanganki, leksikaning bu qatlami uning birligini tashkil etuvchi katta son bilan, slengni yaratish uchun qo’llaniladigan nominativ vositalarning keng diapazoni bilan, yorqin obrazlilik va ekspressivlik bilan tavsiflanadi.Yoshlar slengi – 14-15 yoshlardagi odamlarning tengdoshlari bilan erkin muloqotda qo’llaniladigan umum milliy til tarkibidagi maxsus til. Yoshlar leksikasi – zamonaviy fransuz tilida ochiq va berk  bo’lmagan tizimdir. Yoshlar leksikasidagi so’zlar asosiy emas balki biron bir tushunchaning ikkilamchi nomi hisoblanadi; ularga emotsional – ekspressivrang xosdir (yoshlar slengi so’zlari ular aytadigan reallikning u yoki bu munosabatini yetkazishga jalb qilingan: hazilomuz – o’yinqaroqdan qo’pol – behayogacha); bu so’zlarning qo’llanilishi ma’lum ijtimoiy guruh bilan cheklangan. Yoshlar leksikasining muhim xususiyati shundaki, uning lug’atda aks etmaganidadir.Sotsiolingvistik hodisalar barcha zamonaviy tillarda, shu jumladan fransuz tilida ham mavjud. Boy, stilistik bezatilgan yoshlar tili normativ fransuz tilidan yorqin ifodalangan betakalluf ma’noning ko’pligi bilan farq qialdi.Fransuz tilidagi yoshlar slengi so’z shtampiga qarshi e’tirof kabi yoki yoshlarga xos originallik bilan ajralib turish istagi kabi yuzaga keladi. Yoshlar slengidan qo’llanib, o’smirlar, kattalar o’zining tanqidiy yoki o’yinqaroq munosabatlarini ifodalashga, o’zini erkin ko’rsatishga, tengqurlari o’rtasida mashhurlikni qozonishga intiladilar. Eng “urf” bo’lgan tilda gaplashib yoshlar kattalar tilidan farqlanishga harakat qiladi.Shunday qilib, yoshlar slengini shifrlangan yoki “maxfiy” til deb atash mumkin, chunki u faqat o’z doirasida tushunarlidir. Bunday so’zlar ko’plab lingvistik parametrlar bo’yicha umumiy nutq normallaridan farqlanadi.Yoshlar tilida turli rejali leksika qo’llaniladi: chet tillar, professionalizmlar, vulgarizmlar, qisqartmalar, metaforalar va boshqalar.Hozirgi vaqtda fransuz yoshlari o’rtasida mashhur so’zlar va iboralarning bir qator lug’atini tuzish mumkin. Quyida ba’zi misollarni keltirib o’taman: piger-comprendre (tushunmoq), le boucan-le bruit (shovqin), le pote-le copain (oshna), le bi-bop, le portable, le mobile — le téléphone de poche (uyali aloqa), le bahut-le lycée (litsey), le meuf-la femme (ayol), le trac-la peur (qo’rquv), bosser-travailler (ishlamoq), le fric, la maille, les balles - l’argent (pul), le toubib-le médecin (shifokor), je m’en fiche-ca m’est égale (menga baribir), je suis fauche-je n’ai pas de l’argent ( meni pulim yo’q), je suis crevé-je suis fatigué (men charchadim), avoir un mal fou-avoir des diffécultes (qiyinchilik sezmoq), les clopes-les sigarettes (sigaretalar), j’ai la trouille-j’ai peur (qo’rqayapman), j’ai la trouiller-j’ai peur (qo’rqayapman), avoir un mal fou-avoir des difficultes (qiyinchilik sezmoq), la bagnole, la caisse-la voiture (avtomobil), j’ai un petit creux-j’ai faim (men ochman), dab, daron-pére (ota), dabesse, daronne, doche-mére (ona).« Ko’cha tili » muntazam fransuz tilida o’z o’rnini egallamoqda. Filmlar, radio va teleko’rsatuvlar, o’smirlar uchun bosma mahsulotlari, kompyuter o’yinlar ularni tarqatishga ko’maklashadi.